Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya prezidenti mamlakat parlamentini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Italiyada bahordan beri hukmron koalitsiya va vazirlar mahkamasi orasidagi kelishmovchiliklar sababli hukumat inqirozi davom etmoqda.
Italiya prezidenti Serjo Mattarella mamlakat parlamentining har ikki palatasi bilan muhokamalardan so‘ng uni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
«Respublika prezidenti Serdo Mattarella parlamentning ikki palatasi vakillarini tinglagach, respublika senati va deputatlar palatasini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi»,— deyiladi Italiya prezidenti saytidagi bayonotda.
Italiyada bahordan beri hukmron koalitsiya va vazirlar mahkamasi orasidagi kelishmovchiliklar sababli hukumat inqirozi davom etmoqda.
Iyul o‘rtalarida bosh vazir Mario Dragi iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza bergandi, ammo prezident uning iste’fosini qabul qilmadi.
20 iyul kuni Italiya senati bosh vazirga ishonch bildirdi, biroq Dragi ertasi kuni yana iste’foga chiqishini bildirdi. Mattarella uning iste’fosini qabul qildi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025