MRB direktori Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi yo‘qotishlarini baholadi
Uilyam Bernsning aytishicha, Ukrainadagi urush paytida 15 mingga yaqin rossiyalik harbiy halok bo‘lgan, 45 ming nafari yaralangan.

Foto: AP
Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Bernsning aytishicha, Ukrainadagi urushda 15 mingga yaqin rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. U bu raqamni 20 avgust, chorshanba kuni Koloradodagi Aspen xavfsizlik forumida so‘zlagan nutqida keltirib o‘tdi.
«AQSh razvedka hamjamiyatining so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, taxminan 15 000 kishi halok bo‘lgan, yaradorlar soni esa taxminan uch baravar ko‘p, - dedi u. - Ukrainaliklar ham jabr ko‘rdi - ehtimol, biroz kamroq, lekin baribir, bu katta yo‘qotishlardir».
Bernsning ta’kidlashicha, rus qo‘shinlarining Donbassdagi hujumi, hozirgi vaziyatdan kelib chiqib baholansa, Moskva urush boshidagi xatolaridan saboq chiqarganini ko‘rsatadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari o‘z ustunligi va o‘q otish kuchidan foydalanib, uzoq masofalardagi Ukraina nishonlarini yo‘q qilish va zaif tomonlarini yopish uchun yaxshiroq holatda bo‘lib turibdi.
Rossiya ham, Ukraina ham o‘z yo‘qotishlari haqida operativ ma’lumotlarni taqdim etmayapti. Britaniya razvedkasi, o‘z navbatida, iyun oyida urush paytida halok bo‘lgan rus askarlari soni 15-20 ming kishini tashkil etgani haqida xabar berdi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi 38 750 kishining o‘lganini aytmoqda. «Mediazona» va VVS’ning ochiq manbalar asosida to‘plangan ma’lumotlariga ko‘ra, 15 iyul holatiga ko‘ra 4760 kishi halok bo‘lgani aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

00:50 / 05.04.2025