Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy o‘zining og‘ir ahvolda reanimatsiyaga tushgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi
Avvalroq Ukrainadagi TAVR Media holdingiga qarashli radiostansiyalar Zelenskiy reanimatsiyada og‘ir ahvolda yotgani haqida xabar bergandi. Holding radiostansiyalar kiberhujumga uchraganini bildirdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining reanimatsiyaga tushib qolgani to‘g‘risidagi xabarni rad etdi, deb xabar berdi RBK.
Avvalroq Ukrainadagi TAVR Media holdingiga qarashli radiostansiyalar Zelenskiy reanimatsiyada og‘ir ahvolda yotgani, prezident vazifasini esa oliy rada spikeri Ruslan Stefanchuk bajarayotganini xabar qilgandi.
Zelenskiy bu ma’lumotni «feyk» deb atadi.
«Mana, xonamda o‘tiribman. O‘zimni hech qachon hozirgidek bardam his qilmaganman. Bunday feyk tarqatuvchilar uchun yomon xabar: men yolg‘iz emasman. Biz 40 milliontamiz. Va keksalarga hurmat bajo keltirgan holda aytaman: 44 yosh – bu 70 yosh emas», — dedi Ukraina prezidenti.
TAVR Media holdingi unga qarashli radiostansiyalar serverlari va tarmoqlariga kiberhujum bo‘lganini bildirdi.
«Ukraina prezidentining salomatligi bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risidagi hech bir xabar haqiqatga mos emasligini ta’kidlaymiz», — deyiladi holdingning Facebook sahifasidagi bayonotida.
TAVR Media holdingiga «Xіt FM», «Kiss FM», Radio ROKS, Radio Relax, «Melodіya FM», «Nashe Radіo», Classic Radio, Radio Jazz, «Radіo Bayraktar» radiostansiyalari kiradi.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025