O‘zbekiston | 09:45 / 25.07.2022
18167
2 daqiqa o‘qiladi
Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkinligi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, quyidagi nogironlar va keksalar toifasiga bepul sanatoriy-kurort yo‘llanmalari taqdim etiladi:
- urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
- halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar beva xotinlari (beva erlari);
- respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
- Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
- yadro poligonlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;
- I va II guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
- yolg‘iz keksalar;
- pensionerlar.
Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi hududiy bo‘linmalariga topshirilishi lozim:
- ariza;
- pasport nusxasi;
- yuqoridagi fuqarolar imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);
- tibbiy xulosa.
Yo‘llanmalarni berish davriyligi quyidagicha:
har yili (navbat asosida):
- urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
- respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;
- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga;
- yolg‘iz keksalarga;
2 yilda 1 marotaba (navbat asosida):
- urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
- halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar beva xotinlariga (beva erlariga);
- I va II guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
- sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda 3 yilda 1 marotaba (navbat asosida) — pensionerlarga.
Yo‘llanmalar 12 kunga, yo‘llanmalar amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.
Mavzuga oid
17:47 / 15.10.2024
Toshkent tumanidagi “Shifobaxsh suvlar” hududida yana 5 ta sanatoriy quriladi
22:35 / 19.09.2024
«Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi amalga oshiriladi
09:11 / 03.02.2024
O‘zbekistonda sanatoriyga bepul yo‘llanmani kimlar olishi mumkinligi ma’lum qilindi
21:39 / 02.02.2024