Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklardan xorijda ish taklif etilayotgan norasmiy e’lonlarga ishonmaslikni so‘radi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi ba’zi axborot kanallarida O‘zbekiston va Qirg‘izistondan fuqarolarni yuqori maosh evaziga Rossiyaga ishga taklif qilish to‘g‘risida e’lonlar tarqaldi.
Mustaqil jurnalistik surishtiruvlarda ushbu e’lonlar orqali fuqarolarni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish asosiy maqsad ekani ma’lum qilinmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonliklardan xorijda ish taklif etilayotgan norasmiy e’lonlarga ishonmaslikni so‘radi.
Jinoyat kodeksi 154-1-moddasida chet davlatlar harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
11:36 / 12.04.2025