Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston hukumatini xalqaro terrorchi tashkilotlar bilan aloqalarni uzishga chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida Afg‘oniston hukumatini jahon hamjamiyatining asosiy talablariga rioya qilishga chaqirdi.
“Biz Afg‘onistonning hozirgi hukumatini terrorizmning har qanday shakli va ko‘rinishlari oldini olish va ularga qarshi kurashish, barcha xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzish uchun o‘zining qat’iy irodasini namoyon etib, keskin choralar ko‘rishga chaqiramiz”, - deyiladi O‘zbekiston prezidenti murojaatida.
Qayd etilishicha, bu muvaqqat hukumatga ishonchning mustahkamlanishiga olib keladi.
“Shuningdek, Afg‘oniston uchun yon atrofdagi davlatlar va xalqaro hamjamiyat bilan do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro foydali hamkorlik muhitida barqaror taraqqiy etish bo‘yicha aniq istiqbollarni ochadi”, deyiladi Shavkat Mirziyoyevning murojaatida.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025