Jahon | 13:00 / 27.07.2022
5244
2 daqiqa o‘qiladi

Lufthansa ish tashlash sababli 1000 dan ortiq reysini bekor qildi

Lufthansa aviakompaniyasi xodimlarining ish tashlashi 134 mingga yaqin yo‘lovchiga ta’sir qildi. Kasaba uyushmasi 20 ming xodimning ish haqini oshirishni talab qilmoqda. 

Foto: TET

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi xodimlari 27 iyul, chorshanba kuni erta tongda ish tashlash e’lon qilib, Germaniyadagi deyarli barcha reyslari bekor bo‘lganini e’lon qildi. Buning oqibatlari 134 000 ga yaqin yo‘lovchilarga, birinchi navbatda, Frankfurt-Mayn va Myunxenning yirik aeroportlarida ta’sir ko‘rsatdi. 

Ver.di kasaba uyushmasi aviakompaniya rahbariyati bilan tariflar bo‘yicha kelishmovchiliklar chog‘ida sayyohlik mavsumining qizg‘in pallasida ogohlantiruvchi ish tashlashni uyushtirishga chaqirgandi. 

Lufthansa press-reliziga ko‘ra, Frankfurt-Mayn aeroportida 678 ta reys bekor qilingan, bu 92 mingga yaqin yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatadi, Myunxen aeroportida esa 345 ta reyslar 42 mingga yaqin yo‘lovchining manfaatlarini qamrab oladi. Ish tashlash 28 iyul kuni ertalab soat 6 ga qadar davom etadi. 

Kasaba uyushmasi aviakompaniyaning 20 mingga yaqin xodimi uchun maoshni 9,5 foizga oshirish va eng kam soatlik ish haqi 13 yevro miqdorida o‘rnatilishini talab qilmoqda. 

Mavzuga oid