Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga 2 mln so‘mlik homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 iyul kuni aholi turmushini yaxshilash va tadbirkorlar faolligini oshirishga qaratilgan takliflar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirkorlik bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi, muddatlari qisqartirildi. Yil boshidan buyon 50 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi. Aholi sotib olgan uylarning 28 foizi ipoteka kreditlari hisobiga moliyalashtirildi.
1 sentabrdan boshlab xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham davlat budjetidan 2 million so‘mlik homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yig‘ilishda aholi va biznesni qiynab kelayotgan muammolar, ular bo‘yicha ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Asosli takliflarni qanoatlantirish, odamlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.
Prezident xalqni rozi qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish barcha rahbarlar eng ustuvor vazifasi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
06:22 / 21.02.2025
Homilador ayollar necha marta skrining tekshiruvlaridan o‘tishi zarur?
11:10 / 14.02.2025
Homiladorligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi
21:19 / 29.12.2024
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun yolg‘iz odamlarga ko‘mak dasturini ishga tushirdi
17:43 / 05.12.2024