Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonatan Henik AQShning O‘zbekistondagi elchisi etib tasdiqlanadi
AQSh senati qo‘mitasi Amerikaning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini tasdiqladi.
May oyida AQSh prezidenti Jo Bayden AQShning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini ilgari surgandi.
Jonatan Henik — AQSh diplomatik xizmati maslahatchi-elchi maqomiga ega yuqori lavozimli amaldor hisoblanadi. O‘tgan yildan beri u Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Axborot va kibermakon kollejida AQSh Davlat departamenti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilgari Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari byurosida Davlat kotibi yordamchisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Janubiy va Markaziy Osiyoda jamoatchilik diplomatiyasi va OAV bilan aloqalar bo‘yicha mas’ul bo‘lgan.
Nyu-Yorkda tug‘ilgan Jonatan Henik rus, portugal, turk va ozarboyjon tillarini biladi. U Havayi universitetida siyosat fanlari nomzodi, Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha magistr va shu universitet Kolumbiya kolleji bakalavri darajasiga ega.
AQShning O‘zbekistondagi amaldagi elchisi Deniyel Rozenblyum bo‘lib, u 2019 yilning may oyida ushbu lavozimda qasamyod qilgandi.
Deniyel Rozenblyum endi Qozog‘istonda o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025