Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik jamg‘armasi olti oyda tadbirkorlarga 1,3 trln so‘mlik yordam ko‘rsatgan
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi so‘nggi 6 oyda 1,3 trln so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda jamg‘arma boshqarma boshlig‘i Shavkat Usmonov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jamg‘arma kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 2 turdagi — kafillik va kompensatsiya moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
Kafillik – bu qarz oluvchining tijorat banki oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish mas’uliyatini Jamg‘armaga yuklaydigan majburiyat.
Kompensatsiya – bu tadbirkorlarga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining bir qismini qoplash tushuniladi.
Jamg‘arma so‘nggi 6 oyda 1,3 trln so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Kafillik bo‘yicha 891 ta loyihalarga – 810 mlrd so‘m, kompensatsiya bo‘yicha 2 844 ta loyihalarga – qariyb 443 mlrd so‘m.
Mavzuga oid
13:03 / 20.05.2025
Tadbirkorlarga modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi
14:26 / 29.04.2025