Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada maymun chechagi kasalligidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Mamlakatda maymun chechagi kasalligi bilan bog‘liq 978ta holat aniqlangan.
Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda maymun chechagi kasalligidan birinchi o‘lim holati yuz berganini tasdiqladi. Bu haqda Globo telekanali xabar berdi.
"Braziliyada maymun chechagi kasalligidan birinchi o‘lim holati qayd etildi", - deyiladi telekanal xabarida.
Xabarda aytilishicha, vafot etgan bemor Minas-Jyerays shtatidagi Uberlandiya shahrida yashagan.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, Braziliyada maymun chechagi kasalligi bilan bog‘liq 978ta holat aniqlangan.
Avvalroq JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus maymun chechagi kasalligi tarqalishini sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb e’lon qilgandi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 63 mamlakatda maymun chechagi kasalligini yuqtirish bilan bog‘liq 9,2 mingdan ortiq holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025