Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Hindistondan banan, mango, soya va guruchni import qilishga ruxsat berdi
Joriy yil 28 iyul kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Hindiston qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vaziri Narendra Singx bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston 6 nomdagi hind mahsulotlarini, shu jumladan banan, mango, soya va guruchni import qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini taqdim etdi.
O‘z navbatida, Hindiston tomoni uzum, anor, olma, xurmo, qalampir, pomidor, bodom va tarvuz kabi o‘zbek agrosanoat mahsulotlariga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Muzokaralarda ayrim qishloq xo‘jaligi kompaniyalarining investitsiya rejalari bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilingan.
Bundan oldin Hindiston Namanganda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025