Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda komissiya a’zolari 15 kunlik ma’muriy jazo o‘taladigan maxsus qabulxonani borib ko‘rdi
Qoraqalpog‘istonda komissiya a’zolari IIV JXX va JTSB Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonani borib ko‘rdi.
Senat xabariga ko‘ra, namoyish kuni maxsus qabulxonaga ham hujum uyushtirilgan, natijada darvoza, devorlar va binoga zarar yetkazilgan.
Tashrif chog‘ida maxsus qabulxonada shaxslarni saqlab turish, ovqatlanish, tibbiy xizmat hamda madaniy hordik chiqarishiga mo‘ljallangan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Saqlanayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Maxsus qabulxonada shaxslarni saqlash xonalari (kameralar) va boshqa obektlar videokuzatuv moslamalari bilan to‘liq jihozlangan. Monitoringda komissiya a’zolariga kuzatuv tasvirlari respublika bo‘ylab yagona tizimga biriktirilgani va tasvirlarni o‘chirib tashlash imkoni yo‘qligi tushuntirildi.
Qoraqalpog‘istonda yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha tuzilgan komissiya a’zolari Qoraqalpog‘istondagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ham uchrashishdi.

Uchrashuvda “Istiqbol avlod” NNT Nukus filiali, “Yuksak salohiyat” NNT, Bolalar va oilani qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi QR filiali va boshqa NNTlar vakillari ishtirok etdi.
Mavzuga oid
13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
12:30 / 26.10.2024
Kinematografiya milliy komissiyasining vazifalari belgilandi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
22:26 / 24.08.2024