Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabzdagi bog‘chada bolalardan biri ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etdi. MTV rasmiy ma’lumot berdi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalardan biri vafot etdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi hodisa to‘g‘risida ma’lumot berdi.
2022 yil 28 iyul sanasida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotisha qatnamaydigan, 2014 yilda tug‘ilgan S.X. singlisi A.X. bilan birgalikda bog‘chaga kelgan.
Vazirlik ma’lumotida aytilishicha, tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. S.X. hamda A.X.ning onasining iltimosiga ko‘ra qonunga zid ravishda S.X.ni ham olib qolgan.
Tushlik paytida opa-singil S.X. va A.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda, singlisi tashqaridan hojatxona eshigini ochib-yopib o‘ynagan. Oqibatda, hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha bo‘laklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan.
Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam ko‘rsatgan. Biroq, S.X.ning jarohati chuqurligi sabab, ko‘p qon yo‘qotish natijasida vafot etgan.
Holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi o‘rganish olib bormoqda.
Mavzuga oid
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
21:22 / 05.05.2025
“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda
16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda
11:38 / 25.04.2025