Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonda bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga jo‘nab ketdi
27 iyul kuni Toshkent xalqaro aeroportida 28 iyul - 8 avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon shaxmat olimpiadasiga o‘zbekistonlik shaxmatchi yigit-qizlar jo‘nab ketishdi.
Avvalroq O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev olimpiadada ishtirok etadigan 10 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi yigit-qizlar ro‘yxatini e’lon qilgandi.

«O‘zbekiston shaxmat tarixiga yorqin natijalar bilan kirish sportchilarimizga nasib qilsin, Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan sportchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz», deb shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlagan Alisher Sa’dullayev.



Ma’lumot uchun, mazkur olimpiadaga O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘rtacha 2625 reyting ochkosi bilan umumjamoa hisobida 14-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, ayollar terma jamoasi esa 2094 reyting ochkosi bilan 46-o‘rinda qayd etilgan.
Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmatiⓉ
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025