Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 102 nafar mansabdor shaxsga intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanildi
Farg‘ona viloyatida adliya organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida joriy yilda 5 mingdan ziyod qonunbuzilish holati aniqlandi.
“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida xabar qilinishicha, mazkur holatlarning 4 853 tasi muddat buzilishi, 152 tasi vakolatli organlar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat xizmatlari ko‘rsatilishi, 11 tasi ortiqcha hujjatlar talab qilinishi, 308 tasi murojaatlarning asossiz rad etilishi, 60 tasi boshqa turdagi qonunbuzilishlarga to‘g‘ri keladi.
Korxona va tashkilotlar kesimida tahlil qilinganida qonunbuzilish holatlarining aksariyati gaz, elektr, suv korxonalari, kadastr, sog‘liqni saqlash, soliq va qurilish idoralariga to‘g‘ri kelmoqda.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlarining oldini olish hamda bartaraf etish maqsadida vakolatli organlarga 64 ta taqdimnoma kiritilib, 59 nafar mansabdor shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi hamda 63 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, 102 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanildi, shundan 4 nafar mas’ul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Mavzuga oid
18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
16:43 / 21.12.2024