O‘zbekiston | 07:38 / 31.07.2022
7782
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2–3 balli zilzila qayd etildi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 31 iyul kuni 2–3 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan 04:42 da zilzila sodir bo‘ldi.

Episentr: Toshkent viloyati Ohangaron tumani. Zilzila koordinatalari: 40,89 gradus shimoliy kenglik; 69,65 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 55 km janubi-sharqda joylashgan.

Mavzuga oid