O‘zbekiston | 15:41 / 01.08.2022
4569
2 daqiqa o‘qiladi

Konstitutsiya bo‘yicha takliflarning eng ko‘pi Toshkent viloyatidan kelib tushdi

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasidagi mas’ul qo‘mitalar brifingi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: KUN.UZ

Qayd etilishicha, qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga chiqarilgandan so‘ng bugunga kadar 150 mingdan ortiq taklif kelib tushdi. Takliflar 67 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar taqdim etgan.

Hududlar kesimida takliflarning eng ko‘pi Toshkent viloyatidan 13,6 foiz (20 587 tasi), Toshkent shahridan 12,5 foiz (18 933 tasi), Andijon viloyatidan 9,3 foiz (14 020 tasi) kelib tushgan.

Xorijdagi, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Germaniya va boshqa davlatlardan vatandoshlarning yuzlab taklif va munosabatlari kelib tushgan.

Fuqarolardan kelib tushayotgan takliflar orasida:

  • davlat ishsizlikni tugatishi; 
  • soliqqa tortish mutanosib va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi;
  • davlat zarur hollarda xorijdagi fuqarolarga huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatishi;
  • davlat organlari faoliyatida ochiqlik bo‘lishi va ularga korrupsiyaga qarshi kurashish majburiyatini yuklash;
  • aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligi;
  • mahalliy kengashlarga ham hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish vakolatini berish;
  • sudning inson huquq va erkinliklarini kamsituvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llashga haqli emasligini belgilash kabilar bor.

Mavzuga oid