O‘zbekiston | 11:54 / 01.08.2022
1847
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston, Turkiya va Ozarboyjon vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov an’anaviy brifingda davlat rahbarining boshlanayotgan haftadagi rejalari haqida ma’lumot berdi.

Joriy haftada Toshkentda O‘zbekiston, Turkiya va Ozarboyjon tashqi ishlar, savdo hamda transport vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu formatdagi uchrashuv ilk marotaba bo‘lmoqda. 

Muzokaralar kun tartibidan mintaqalararo hamkorlikni, investitsiya, innovatsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev unda ishtirok etish uchun mamlakatga keladigan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li hamda Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jyeyxun Bayramovni qabul qilishi rejalashtirilmoqda. 

Shuningdek, davlat rahbari 28 iyuldan beri mamlakatda bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha komissari Qayrat Abdurahmonovni qabul qiladi.

Bundan tashqari, hafta davomida mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan yig‘ilish va muhokamalar o‘tkaziladi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid