RF Oliy sudi Ukrainaning «Azov» polkini «terrorchi» tashkilot deb topdi
RF Oliy sudi Ukrainaning «Azov» polkining Rossiyadagi faoliyatini taqiqlab, Bosh prokuratura da’vosini qanoatlantirdi.
Rossiya Oliy sudi Ukrainaning «Azov» polkini «terrorchi» tashkilot deb topdi va uning RF hududida faoliyatini taqiqladi. 2 avgust, seshanba kuni u RF Bosh prokuraturasining tegishli da’vosini qanoatlantirdi. Shu bilan birga, «tashkilot faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qaror darhol ijro etilishi kerak», deyiladi Rossiya Oliy sudi qarorida.
«Interfaks» xabariga ko‘ra, jarayon qisman yopiq eshiklar ortida o‘tgan. Ochiq qismda, jumladan, «Tarixiy xotira» jamg‘armasi direktori Aleksandr Dyukov va RF prezidenti huzuridagi inson huquqlari bo‘yicha kengash (IHK) a’zosi Marina Ahmedova ekspert sifatida so‘zga chiqdi, shuningdek, qarorning bir qismi e’lon qilindi. RF Bosh prokuraturasi may oyida «Azov»ni «terrorchi» tashkilot deb tan olish bo‘yicha sudga da’vo kiritgan edi.
May oyi o‘rtalarida bir necha yuz kishi bir necha hafta davomida «Azov» polki askarlari tomonidan himoyalangan Mariupoldagi «Azovstal» zavodi hududini tark etdi. Ular o‘zini «DXR» deb e’lon qilgan hududga olib ketilgan. UQK buni «qutqaruv operatsiyasi» deb atadi va «Azovstal»dan asirga olingan askarlar tez orada almashtirilishini ta’kidladi. Iyul oyi oxirida, Yelenovkadagi koloniyaga berilgan zarba natijasida 50 dan ortiq asirga olingan «Azov» jangchilari halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024