Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov: «Transafg‘on yo‘lagi eng yirik submintaqalar o‘rtasida yuk tashish vaqtini va narxini kamaytiradi»
«O‘zbekiston – Ozarboyjon – Turkiya» formatidagi birinchi yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norovga ko‘ra, transafg‘on yo‘lagi eng yirik submintaqalar o‘rtasida yuk tashish vaqtini va narxini kamaytiradi.
Qayd etilishicha, transafg‘on yo‘lagi barpo etilishi bilan katta istiqbollar eshiklari ochiladi. Joriy yil 26 iyul kuni Toshkentda «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish» mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi, unda Afg‘oniston muvaqqat hukumati yuqori martabali delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
«Tolibon» harakati vakillari «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar» temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish Afg‘onistonni qayta tiklash uchun katta strategik ahamiyatga ega, degan fikrga kelgan.
Bildirilishicha, ushbu loyiha amalga oshirilishi Markaziy Osiyo orqali eng yirik submintaqalar o‘rtasida yuk tashish vaqtini va narxini sezilarli darajada kamaytiradi.
Shuningdek, bu jami 1,9 milliard kishilik aholi va 3,5 trillion dollarlik yalpi ichki mahsulotga ega Janubiy Osiyo istiqbolli bozorlariga bevosita chiqish uchun noyob imkoniyatni ochib beradi, dedi Vladimir Norov.
Mavzuga oid
15:25 / 05.06.2024
Hindiston Chobahor portini boshqaruvga olmoqda. Buning O‘zbekiston uchun muhimligi nimada?
08:44 / 02.11.2023
Transafg‘on va “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” temiryo‘llari qurilishi 2024 yildan boshlanadi – Ilhom Mahkamov
21:29 / 13.09.2023
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy temiryo‘li qurilishi 5–7 mlrd dollarga tushishi mumkin
15:27 / 21.06.2023