Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«ArMI-2022» xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston 5 ta yo‘nalishga mezbonlik qiladi
«ArMI-2022» xalqaro armiya o‘yinlari joriy yilning 13 avgustidan 27 avgustiga qadar dunyoning 12 ta davlati hududida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi bu safar musobaqaning 20 ta yo‘nalishida ishtirok etadi. 34 ta yo‘nalishni qamrab olgan musobaqalarda 37 ta davlatdan 275 ta jamoa o‘zaro bellashadi.
Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, mamlakat hududida ilk bor musobaqalar 5 ta yo‘nalishi bo‘lib o‘tadi.
Jizzaxdagi «Forish» poligonida «Dala oshxonasi» va «Qurolsoz usta» musobaqalari, Samarqanddagi «Sazagan» poligonida «Xavfsiz muhit», Sharqiy harbiy okrugda «Yo‘l patruli» va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida «Sodiq do‘st» musobaqasi o‘tkaziladi.
Mudofaa vazirligi jamoalari Rossiya hududida o‘tkaziladigan «Elbrus halqasi», «Avtozirxli tank-texnika ustasi», «Qo‘shinlar razvedkasi a’lochisi», «Tank biatloni», «Harbiy-tibbiy estafeta», «Harbiy ralli», «Muhandis formulasi» musobaqalarida, Mo‘g‘ulistonda «Otliq marafon», Belarusda «Ishonchli qabul» va «Qutb yulduzi», Qozog‘istonda «Armiya taktik o‘qchisi» va «Meridian», Venesuelada «Merganlik marrasi», Jazoirda «Desant vzvodi» hamda Eronda «Professional mergan» yo‘nalishlarida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2025
OAV: Urush boshidan beri Rossiya armiyasidan 49 ming kishi qochgan bo‘lishi mumkin
01:15 / 01.05.2025
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
17:52 / 19.04.2025
O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi
18:26 / 26.03.2025