O‘zbekiston | 14:02 / 03.08.2022
4137
2 daqiqa o‘qiladi

Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish to‘liq ishga tushdi 

Adliya vazirligi tomonidan hukumat qaroriga asosan O‘zbekiston hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qo‘yish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Getty Images

Birinchi bosqichda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga doir ta’lim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish mumkin edi.

Endilikda:

tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

boshqa rasmiy hujjatlarga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushdi.

Murojaatlar davlat xizmatlari markazlari va «Yagona portal» orqali qabul qilinadi. So‘rovnomani ko‘rib chiqish uchun murojaat etuvchidan BHM 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasi 90 foizi undiriladi.

So‘rovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida (zarur hollarda, 10 ish kuni ichida) ko‘rib chiqiladi. Rasmiy hujjatga elektron apostil qo‘yish bilan bog‘liq barcha jarayonlar «E-App» va «E-register» dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda apostil qo‘yish rad etiladi:

  • rasmiy hujjatda zarur rekvizitlar hech bo‘lmaganda biri mavjud bo‘lmasa yoki mansabdor shaxslar imzolari hamda muhr, shtamplar haqiqiy emasligi aniqlansa;
  • rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega bo‘lmasa.

Mavzuga oid