Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada qariyb 14 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Farg‘ona viloyatida joriy yilning 6 oyi davomida 4 157 ta holatda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur holatlar uchun 13 mlrd 935 mln so‘m miqdorida qayta hisob-kitob qilingan.
Shundan, aholi iste’molchilari tomonidan 2 875 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 3 mlrd 374,1 mln so‘m qayta hisob-kitob qilingan.
Bundan tashqari, ulgurji iste’molchilar tomonidan 1 282 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 10 mlrd 560,9 mln so‘mga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.
Eng ko‘p noqonuniy holatlar Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari, Buvayda, Toshloq hamda Quva tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025