Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Gazprom» sanksiyalar sababli «Shimoliy oqim» gaz quvuri turbinasini qaytarib ololmasligini bildirdi
Kompaniyaning ta’kidlashicha, «Shimoliy oqim» gaz quvuri turbinasining ta’mirlash uchun Kanadaga yuborilishi «Gazprom» bilan kelishilmagan va shartnomaga zid hisoblanadi.
Foto: nord-stream.com
«Gazprom» Rossiyaga qarshi sanksiyalar «Portovaya» kompressor stansiyasi orqali Yevropaga gaz yetkazib berish tiklanishiga to‘sqinlik qilyapti, deb hisoblamoqda.
Kompaniyaning qayd etishicha, hozirda kompressor stansiyasining sutkalik quvvati 33 mln kub metrdan oshmayapti.
Kompaniya press-relizida aniqlik kiritilishicha, «Shimoliy oqim» gaz quvuri turbinasining ta’mirlash uchun Kanadaga yuborilishi «Gazprom» bilan kelishilmagan va shartnomaga zid hisoblanadi.
«Dvigatel Rossiyaga jo‘natilgan taqdirda Kanada hukumati buni sanksiyalarni buzish yoki aylanib o‘tish deb topishi mumkin»,— deyiladi kompaniya press-relizida.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, joriy ta’mirlashga muhtoj yana uchta dvigatelning jo‘natilishiga nisbatan ham sanksiyalarni buzish deb hisoblash xavfi mavjud.
«Kanada, YeI va Buyuk Britaniyaning sanksiyaviy rejimlari sababli 73-raqamli dvigatelni "Portovaya" kompressor stansiyasiga jo‘natish imkonsiz»,— deb ma’lum qilgan kompaniya.
27 iyuldan «Shimoliy oqim» gaz quvuri orqali gaz yetkazib berish magistral loyihaviy quvvatining 20 foizigacha pasaydi. «Gazprom» buni «Portovaya» kompressor stansiyasidagi Siemens gaz turbinasining buzilib qolishi bilan izohladi.
Mavzuga oid
15:09 / 09.04.2025
Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha “Gazprom” bilan bitim yakuniga yetdi
10:33 / 14.03.2025
«Gazprom» G‘arb sanksiyalaridan eng katta zarar ko‘rgan kompaniya bo‘ldi - Reuters
16:22 / 01.01.2025
«Gazprom» Ukraina orqali Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
18:49 / 31.12.2024