Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ShHT investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazini tashkil etish taklifi bilan chiqdi
Toshkent shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari hududlari rahbarlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda ta’kidlanishicha, Samarqandda tashkil etilayotgan «O‘zbekiston – ShHT» sanoat zonasi tashkilot doirasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun samarali platforma bo‘lishi kutilmoqda. Sanoat zonasi imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun uning hududida ShHT investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazini yaratish taklif qilindi. Markaz asosiy vazifasi sanoat, infratuzilmaviy, xomashyo va inson resurslarini safarbar etishdan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston tomonidan oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, ekologik, sog‘lomlashtirish, ziyorat turizmi va boshqa sohalar bo‘yicha munosabatlarni kengaytirishga doir aniq takliflar ilgari surildi.
Tadbir davomida panel sessiyalari ham tashkil qilindi. Mutaxassislar ochiq muloqotda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hududlararo hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildi.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025