O‘zbekiston | 09:50 / 04.08.2022
3422
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga kartoshka asosan Pokistondan import qilinmoqda
Kartoshka asosan Pokistondan import qilinmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 14 ta davlatdan qiymati 55,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 319 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 11,6 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:
- Pokiston – 257,4 ming tonna;
- Qozog‘iston – 23,4 ming tonna;
- Rossiya – 14,5 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 8,9 ming tonna;
- Eron – 5,6 ming tonna;
- Afg‘oniston – 4 ming tonna;
- Niderlandiya – 3,9 ming tonna;
- Belarus – 631,6 tonna;
- Polsha – 559 tonna.
Mavzuga oid
14:10 / 10.09.2024
Niderlandiyada qotillikka undaganlikda ayblangan ikki pokistonlik sudlandi
12:27 / 21.08.2024
Eronda pokistonlik ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib, 35 kishi halok bo‘ldi
21:53 / 19.08.2024
Pokiston hukumati mamlakatda internet tezligi pasayib ketishida foydalanuvchilarni aybladi
19:55 / 15.08.2024