Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada amerikalik ikki karra olimpiya chempioni 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Gashish moyi kontrabandasida aybdor deb topilgan Brittni Grayner AQSh terma jamoasi tarkibida ikki karra olimpiya va ikki karra jahon chempioni, "Finiks" jamoasi tarkibida WNBA chempioni bo‘lgan.
Moskva viloyati Ximki sudi amerikalik basketbolchi ayol Brittni Graynerni gashish moyi kontrabandasi uchun to‘qqiz yil muddatga umumiy tartibdagi koloniyada jazo o‘tashga hukm qildi.
U shuningdek, 1 million rubl miqdorida jarimaga tortildi.
Sud Graynerning aybini qisman tan olishi va sportda erishgan yutuqlarini yumshatuvchi holatlar deb topdi.
Prokuror Brittni Graynerni 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish va 1 million rubl miqdorida jarimaga tortishni so‘ragandi.
Grayner suddagi so‘nggi so‘zida bu ishi xato bo‘lganini aytdi.
Sud ishida unga Arizona shtatilik shifokor og‘riq qoldiruvchi dori sifatida marixaunani tavsiya qilgani ma’lum bo‘ldi.
Grayner fevral oyida Nyu-Yorkdan "Sheremetevo" aeroportiga uchib kelganida qo‘lga olingandi. Uning qo‘l yuki tekshiruvdan o‘tkazilganida yuklari orasidan o‘ziga xos hidli suyuqlik topilgan – ekspertiza uning gashish moyi ekanligini aniqlagan.
Grayner – dunyoning eng ko‘p mukofotga erishgan basketbolchi ayollaridan biri. U AQSh terma jamoasi tarkibida ikki karra olimpiya va ikki karra jahon chempioni, "Finiks" jamoasi tarkibida WNBA chempioni bo‘lgan. 2015 yildan buyon Yekaterinburgning UGMK jamoasida o‘ynaydi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025