Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
600 milliongacha – shaxmatchilarga xalqaro turnirlardagi g‘oliblik uchun pul mukofoti beriladi
Prezident qaroriga muvofiq, shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir g‘oliblari va ularning trenerlariga bir martalik mukofot puli beriladi. Bunda shaxmatchilar qo‘lga kiritgan medal va xalqaro musobaqa turiga qarab mukofot puli BHMning 17,5 barobaridan 2000 barobarigacha tayinlanadi. Qaror bo‘yicha tahliliy infografika maqolada.
Prezident “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlari miqdorlari tasdiqlandi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari uchun (kattalar o‘rtasida) eng ko‘p mukofot puli belgilanmoqda. Bunda oltin medal sohiblariga BHMning 2000, kumush 1000 va bronza medal egalariga 500 barobari miqdori bir martalik mukofot pullari to‘lab beriladi.
Mukofot pullari davlat budjetidan ajratiladi.
Qarorga muvofiq, shaxmatchilar va ularning trenerlariga to‘lanadigan mukofot miqdorlari quyidagicha.

Yoshlar ishlari agentligi bazaviy hisoblash miqdorining bugungi kundagi summasini (300 ming so‘m) hisobga olib, shaxmatchilarga to‘lanadigan mukofot pullari (so‘mda) aks etgan infografikani e’lon qildi.

Avvalroq, Navoiy viloyatida xalqaro shaxmat maktabi ochilishi ma’lum qilingandi. Bu yangilik ham Prezidentning “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aks etgan.
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025