Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident soliq maslahatiga oid yangi qonunni imzoladi
“Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Soliq maslahatiga oid faoliyat deganda soliq maslahatchilari tashkiloti yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat tushuniladi.
Soliq maslahati bir qator xizmatlarni, mijozga soliqlar va yig‘imlarni hisoblash, to‘lash, hisobot tayyorlash bo‘yicha maslahat berish, sudlarda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda vakillik qilishni o‘z ichiga oladi.
Soliq solish masalalari bo‘yicha advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish, sudda va boshqa davlat organlarida vakillik qilish soliq maslahati hisoblanmaydi. Moliya vazirligi soliq maslahatiga oid faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Soliq maslahatchilari palatasi soliq maslahatchilari, soliq maslahatchilari tashkilotlari ixtiyoriy a’zoligi asosida tashkil etiladigan kasbiy birlashmasi hisoblanadi.
Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs soliq maslahatchisi bo‘ladi. Malaka imtihonini topshirish uchun ariza bilan Soliq maslahatchilari palatasiga murojaat qilinadi. Malaka sertifikatini olishga doir malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun 600 ming so‘m miqdorida yig‘im to‘lanadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025