Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Putin uni ShHTning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan sammitiga taklif qilganini aytdi
ShHT sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin uni sentabrda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga taklif qilganini aytdi.
"Sentyabrda "Shanxay beshligi" O‘zbekistonda yig‘iladi. Sochidagi uchrashuvimiz chog‘ida janob Putin imkoniyat bo‘lsa yig‘ilishga borishimizni so‘radi. Biz dedik: keling, "Shanhay beshligi"ga a’zo, kuzatuvchi yoki muloqot bo‘yicha hamkor sifatidagi ishtirokchilar bilan birga bo‘lamiz. Masalan, Xitoy keladi, narigi tarafdan Saudiya Arabistoni, Qatar keladi. Biz u yerda bo‘lishga harakat qilamiz. Agar biror kutilmagan voqea sodir bo‘lmasa, men ham o‘sha yerda bo‘lishga umid qilaman", - dedi Erdo‘g‘an.
5 avgust kuni Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Sochida muzokara o‘tkazdi.
ShHT sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
ShHTga 2001 yilda asos solingan. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Xitoy va Hindiston ishtirok etadi. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi mamlakatlar, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka hamkor mamlakatlar hisoblanadi.
2021 yil sentabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Eronni tashkilotga qabul qilish va Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish jarayoni boshlangan. Joriy yilda Belarus ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun ariza berdi.
Mavzuga oid
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
10:26 / 16.05.2025
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
17:14 / 14.05.2025