O‘zbekiston | 12:17 / 06.08.2022
8640
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda eksportchi korxonalar duch kelayotgan tizimli muammolar ma’lum qilindi

Bosh vazir o‘rinbosari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mahalliy eksportchilar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.

Foto: dunyo.info

O‘zbekiston Bosh prokuraturasida vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, tuman va shaharlar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida tarmoqlar va hududlar kesimida tashqi savdo faoliyati joriy holatini tahlil qilishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda viloyatlar va tarmoqlar kesimida eksport faoliyati joriy ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi.

Eksportga yetkazib berish jarayonida mahalliy korxonalar duch keladigan bir qator tizimli va xususiy muammolar aniqlandi. Muammolar asosan eksportchilar kredit resurslarini olishdagi qiyinchiliklari, joylarda tegishli muhandislik infratuzilmasi yo‘qligi, zarur eksport ruxsatnomalarini olish, soliq sohasidagi masalalarni hal qilish, ilgari to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini qaytarish, chet ellik mijozlarni topish va boshqa jihatlar bilan bog‘liq.

Yig‘ilishda ishtirok etgan mas’ul rahbarlarga eksportchilar duch kelayotgan muammolarni tezkor aniqlash va aniq yechimlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatlar, tumanlar, shaharlar va mahallalar darajasida ular bilan manzilli hamkorlikni faollashtirish hamda ishlab chiqarish va eksport faoliyatini monitoring qilish uchun tadbirkorlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish vazifasi qo‘yildi.

Mavzuga oid