Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi
Sankt-Peterburgda Krasnoselskiy tumani politsiyasi tez ovqatlanish restoranida O‘zbekiston fuqarosining o‘g‘irlab ketilgani haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda.
May oyida RF hududiga ishlash uchun kelgan va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 2 avgust kuni kechki soat besh yarimlar atrofida IIVga murojaat qildi, deb yozadi «Fontanka» nashri.
U, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 31 iyul kuni soat kechki sakkizlarda besh kishi uni kafening xizmat ko‘rsatish eshigida ushlab olgani to‘g‘risida xabar bergan. Ular o‘zbekistonlikning telefonini olib qo‘ygan va 35 ming rubl miqdorida kredit olish uchun onlayn ariza berishga majbur qilgan.
Shundan so‘ng, 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi «Lada Largus» mashinasiga mindirilgan va o‘rmonga olib chiqib ketilgan, u yerda esa chuqur qazishga majburlangan. Shu bilan birga, undan 100 ming rubl talab qilishgan. Keyin uni yana kafega qaytarib olib kelishgan.
Ertasi kuni yana besh kishi kafening xizmat ko‘rsatish eshigiga kelib, undan 35 ming rubl pulni tortib olishgan.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
15:08 / 24.03.2025
Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg bo‘ylab fotosayohat
11:10 / 18.03.2025
Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi
14:35 / 15.03.2025