Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda tadbirkorga kredit ajratib berish evaziga 10 million so‘m olgan bank xodimi ushlandi
“Ipoteka-bank” ATIB viloyat filialining shu’ba mudiri tadbirkorga 500 million so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 million so‘m olayotganda ushlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tadbirda, “Ipoteka-bank” ATIB viloyat filialining shu’ba mudiri X.T. “L.S.” MChJga qarashli Sho‘rchi tumanidagi ishlab chiqarish sexi binosini ta’mirlash uchun 500 million so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Surxondaryoda qalbaki kvitansiya bilan fuqaroning pulini o‘zlashtirgan bank xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025