Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tashqi ishlar vaziri G7 mamlakatlarining qo‘shma bayonotini "makulatura" deb atadi
Van Ining so‘zlariga ko‘ra, bayonotda "to‘g‘ri va noto‘g‘ri, oq va qora aralashib ketgan, tajovuzkorlik oqlanib, himoyalanayotganlar qoralangan".
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I G7 mamlakatlarining Pekinning AQSh vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifiga bildirgan reaksiyasi bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma bayonotini "makulatura" deb atadi.
"Bayonot deb atalgan bu narsani shunchaki makulatura parchasi deb hisoblayman", - dedi u Kamboja poytaxti Pnompenda o‘tkazilgan ASeAN mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidan so‘ng Xitoy OAVga bergan intervyusida.
"Ichki ishlarga aralashmaslik – dunyodagi tinchlik va barqarorlikni saqlab turishning asosiy tamoyili. Biz mamlakatlar orasidagi munosabatlarda yana changalzor qonuni ustunlik qilishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz", - deya qo‘shimcha qildi Van I.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bayonotda "to‘g‘ri va noto‘g‘ri, oq va qora aralashib ketgan, tajovuzkorlik oqlanib, himoyalanayotganlar qoralangan".
"Xitoy tomoni bu "bayonot"ga qat’iyan qarshi chiqadi", - deb ta’kidladi Van I.
Avvalroq "yettilik" mamlakatlari Pekinning Pelosining Tayvanga tashrifidan so‘ng amalga oshirayotgan harakatlari munosabati bilan xavotir bildirgandi.
"Yettilik guruhi" mamlakatlari Pekinni mintaqadagi status-kvoni kuch bilan va bir tomonlama tartibda o‘zgartirmaslikka, Taybey bilan kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirgan.
Mavzuga oid
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
10:22 / 23.05.2025
G7 moliya vazirlari Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
00:45 / 22.05.2025
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 sammitidan dastlabki bayonotlar
13:32 / 21.05.2025