Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 11 avgust kuni kiberxavfsizlik bo‘yicha AntiHack Challenge turniri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AKT vazirligi xabar bermoqda.
Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Central Asia Distribution ko‘magida IT-park, Cisco va Beeline Uzbekistan tomonidan tashkil etiladi.
Tadbir mamlakat yoshlarining axborot xavfsizligiga qiziqishini oshirish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha ko‘nikma va salohiyatni shakllantirishga qaratilgan.
Turnir dasturi bir kunga mo‘ljallangan bo‘lib, 4 ta laboratoriya ishlarini o‘z ichiga oladi. Ishtirok etish shartlari:
- jamoa ikki kishidan iborat bo‘lishi kerak;
- guruh a’zolaridan biri «ulanish nuqtasi» funksiyasi va efir diapazonini boshqarish imkoniyati mavjud Android telefoniga ega bo‘lishi tavsiya etiladi;
- Ubuntu virtual mashinasi o‘rnatilgan noutbuk (18.10 versiyasidan boshlab ulab olish va inʼeksiya qilish uchun mos Wi-Fi adapteri bilan);
- tashqi adapterni ulash uchun USB portli noutbuk.
Musobaqa yakunida ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar (texnika) bilan taqdirlanadi. Hujjatlar 7 avgustgacha qabul qilinadi, ishtirokchilar saralash bosqichidan o‘tish uchun arizani to‘ldirishda test sinovidan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
16:34 / 18.04.2025
Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
21:07 / 28.03.2025
Yevrokomissiya sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikka 1,3 mlrd yevro ajratadi
20:32 / 07.03.2025
Telegram ilovasida xavfli zaiflik aniqlandi
12:30 / 04.03.2025