Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda jaziramada bug‘doyzorga tashlab ketilgan bolaning onasi topildi
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida jazirama haroratda bolasini bug‘doyzorga tashlab ketgan ayolning shaxsiga aniqlik kiritildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Buxoro viloyat IIB axborot xizmatining rasmiy ma’lumot berishicha, olib borilgan tezkor qidiruv va tergov harakatlari davomida tumanning Ko‘lijabbor mahallasi Ko‘hna Nayman qishlog‘ida joylashgan “Shukur To‘xta” fermer xo‘jaligi dala shiyponida tashlab ketilgan chaqaloq 2022 yil yanvar oyida tug‘ilgan Narzullayeva Muslima ekanligi aniqlangan. Chaqaloqning onasining ham shaxsi aniqlanib, tergov organiga topshirilgan.
Hozirda holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishida shaxsning sha’ni, qadr qimmati va oilaviy sirlari bilan bog‘liq holatlar mavjud bo‘lganligi sababli tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
10:18 / 13.02.2025
G‘ijduvonda gaz to‘planib qolishi oqibatida uy portladi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
10:51 / 24.09.2023
Uchta viloyatda qalbaki valutalar muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yildi
11:20 / 11.09.2023