Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Tojikiston mudofaa vaziri tashrif buyurdi
Tojikiston harbiy xizmatchilarini O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini tashkillashtirish borasida qo‘shimcha shartnoma imzolandi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Mudofaa vazirligida mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo rahbarligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida hamkorlik masalalari nafaqat siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda, balki mudofaa va xavfsizlik sohalarida ham misli ko‘rilmagan bosqichlarga ko‘tarilgani ta’kidlanib, mudofaa sohasidagi o‘zbek-tojik munosabatlari holati, ularni kengaytirish choralari hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama etildi.
Muhokamalardan so‘ng Tojikiston harbiy xizmatchilarini O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini tashkillashtirish borasida qo‘shimcha shartnoma imzolandi.
Shundan so‘ng mehmonlar O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamrohligida O‘zbekiston mudofaasini boshqarish milliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:00 / 20.05.2025
YeI davlatlari yangi mudofaa jamg‘armasi bo‘yicha kelishib oldi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
18:33 / 19.05.2025