O‘zbekiston | 13:05 / 10.08.2022
4419
2 daqiqa o‘qiladi

Faxriy donorlarga mukofot puli oshirildi

Foto: freepik

“Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qon bilan ishlash xizmatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, qon donorlariga sifatli xizmat ko‘rsatish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish shular jumlasidan.

2024 yil 1 yanvargacha qon bilan ishlash xizmati muassasalarida donorlar qonida gemotransmissiv infeksiyalar mavjudligini ikki bosqichli tekshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. 

2023 yil 1 yanvardan “O‘zbekiston faxriy donori” ko‘krak nishoni uchun mukofot 1,5 mln.dan 4,5 mln so‘mgacha oshiriladi. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga quyidagi huquqlar beriladi: ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish; shahar jamoat transporti barcha turlaridan bepul foydalanish; davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish;

Doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ular yaqin qarindoshlari statsionar davolanish jarayonida, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi. Donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlar qiymati respublika bo‘yicha bir xil – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori 3 foizi miqdorida belgilanadi.

Mavzuga oid