Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan O‘zbekiston fuqarolari kriptoaktivlar bo‘yicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshiradi
2023 yil 1 yanvardan e’tiboran O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslar kriptoaktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshiradi.
Internet tarmog‘idagi axborot resurslarini monitoring qilish jarayonida O‘zbekiston fuqarolariga kriptoaktivlar bilan savdolarni amalga oshirish va (yoki) ayirboshlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, mamlakat hududida xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan turli elektron platformalar faolligi oshib borayotgani aniqlandi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekiston hududida faoliyat yuritish uchun o‘rnatilgan tartibda litsenziyaga ega bo‘lmagan elektron platformalar xizmatlaridan foydalanmaslikka va ehtiyot choralarini ko‘rishga, shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi natijasida ma’lumotlar firibgarlar tomonidan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
Kriptoaktivlar bilan bog‘liq savdolarini amalga oshirayotgan yoki xizmatlarni tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda yoki noqonuniy maqsadlarda, firibgarlik uchun taklif etayotgan kompaniyalar haqida ma’lumotga bo‘lsa, tegishli ma’lumotni [email protected] elektron manziliga yuborish so‘ralgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
20:26 / 15.05.2025
Kriptofiribgarlar Telegram orqali 27 mlrd dollar pul yuvgani ma’lum bo‘ldi
17:12 / 14.03.2025
Rossiya Xitoy va Hindiston bilan neft savdosida kriptovalutadan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi
19:31 / 30.12.2024