Rossiyaga isiriq olib kirishga uringan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin
Novorossiysk bojxonachilari O‘zbekistondan kelgan konteynerdan Rossiyada giyohvandlik moddasi hisoblangan bir tonnadan ortiq isiriqni aniqladi. Bundan xabari bo‘lmagan jo‘natuvchi shaxs umrbod qamoq jazosi va million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.
O‘zbekistondan Novorossiysk portiga kelgan konteynerda rossiyalik bojxonachilar bir tonnadan ortiq isiriq topdi. Keyinchalik u yuk kemasida Yaqin Sharq davlatlaridan biriga yuborilishi kerak edi, deb xabar berdi «Kuban 24» telekanali.
Konteynerda isiriqdan tashqari, quritilgan mevalar, na’matak, idish-tovoq va zig‘ir yog‘i ham bor edi.
«Bojxona ko‘rigidan o‘tkazish chog‘ida keyingi tadqiqotlar uchun quritilgan o‘simlikdan namunalar oldik. Ekspertiza shuni ko‘rsatdiki, «garmala» ko‘p yillik o‘t o‘simligi tarkibida Rossiya Federatsiyasida nazorat qilinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari ro‘yxatiga kiritilgan «garmin» giyohvandlik moddasi bor», - dedi Novorossiysk bojxona posti boshlig‘i Vadim Pronin.
Kontrabanda fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Yukni yuborgan shaxs umrbod qamoq jazosi va million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Mavzuga oid
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024