Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hukumati Erdo‘g‘an va Asad muzokara o‘tkazishi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Suriya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘tkazilishi borasida «gap ham bo‘lishi mumkin emas».
Turkiya tashqi ishlar vazirligi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Suriya yetakchisi Bashar Asad o‘rtasida telefon orqali muloqot o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Suriya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘tkazilishi borasida «gap ham bo‘lishi mumkin emas».
«Maxsus xizmatlar yo‘nalishi bo‘yicha muzokaralar boshlangan»,— deya qo‘shimcha qildi Chovusho‘g‘li.
Turkiya va Suriya prezidentlari telefon orqali muloqot o‘tkazishi to‘g‘risidagi xabarlar ushbu haftada Turkiya ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgandi.
Ikki mamlakat rahbarlari so‘nggi bor 2011 yilda uchrashgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
10:26 / 16.05.2025