O‘zbekiston | 08:00 / 12.08.2022
6507
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston muzlatgichlarni asosan Rossiyadan import qilmoqda

O‘zbekistonga 2022 yil yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 45,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 198 957 dona muzlatgich import qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, muzlatgich importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1798 donaga kamaygan. 
 
O‘zbekiston 27 ta davlatdan muzlatgich import qilgan. O‘zbekiston 6 oy mobaynida eng ko‘p muzlatgich import qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 102 361 dona;
  • Xitoy – 57 068 dona;
  • Turkiya – 16 163 dona;
  • Belarus – 8 913 dona;
  • Tailand – 3 862 dona;
  • Indoneziya – 3 406 dona;
  • Vetnam – 2 414 dona;
  • Ukraina – 1 446 dona;
  • Ruminiya – 1 134 dona;
  • Italiya – 159 dona;
  • Germaniya – 107 dona.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid