“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ: kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda
Xabaringiz bor, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 85 foizga yaqini issiqlik elektr stansiyalari va markazlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Demakki, soha xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumida aholining elektr va issiqlik energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish va mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Rejaga ko‘ra, tizim korxonalarida jami 30 ta, shu jumladan, 12 ta energoblok, 1 ta turboagregat, 9 ta qozonagregati, 7 ta bug‘-gaz qurilmasi, 1 ta gaz-turbina qurilmasida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo elektr stansiyalarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida olib borilgan ishlar joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra ortig‘i bilan bajarildi.
Birgina mukammal va joriy ta’mirlash jadvaliga asosan bugungi kunga qadar 54 ta energoblok, 31 ta qozonagregati, 6 ta turbogenerator va 8 ta bug‘-gaz qurilmalari ta’mirlandi. Shu kunga qadar 35-110-220-500 kV kuchlanishli kuch transformatorlarida 65 ta joriy va mukammal ta’mirlash ishlari, 35-110-220-500 kV kuchlanishli 290 ta o‘chirgich (havoli, moyli, elegaz), ajratgich, o‘lchov transformatorlari, releli himoya hamda avtomatika qurilmalarida kapital va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mazkur yo‘nalishdagi joriy va mukammal sozlash ishlari davom etmoqda.
Ta’mir sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida elektr stansiyalari mutaxassislari qatorida “O‘zbekenergota’mir” AJ va “O‘zenergosozlash” MChJning malakali mutaxassislari hamda Rossiyaning “Silovyye mashiny”, “Kalujskiy turbinnyy zavod” va “Taganrogskiy kotelostroitelnyy zavod”, Yaponiyaning “Mitsubishi Hitachi Power Systems” konsorsiumi vakillari ham jarayonga jalb etildi.
Energo uskunalarning texnik holatini aniqlash, ularning faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni joyida aniqlash va bartaraf etish maqsadida 151 ta metall laboratoriya sinovidan o‘tkazildi, 106 tasi to‘liq kimyoviy tahlil qilindi. Elementlarni aniqlashga qaratilgan 830 ta tekshiruv olib borildi. Mexanik xossalarini aniqlash uchun 733 ta metall namunalariga ishlov berildi va sinov bajarildi. 136 ta suv, elektrolit, reagentlar, 260 ta energetik moy mahsulotlarida, 72 ta kuchlanish transformatorlarida va 425 ta transformator moyida xromatografik tahlillar o‘tkazildi.
Bugungi kunda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga sifatli uzatish muhim masala hisoblanadi. Shunga ko‘ra, elektr stansiyalaridagi 110-50 kV ochiq taqsimlash qurilmalari (OTQ) uskunalarining texnik holatini tekshirish maqsadida kuch transformatorlarida 72 ta, tok transformatorlarida 259 ta, kuchlanish transformatorida 129 ta, o‘chirgichlarda 97 ta, ajratgichlarda 345 ta, yuqori voltli kiritgichlarda 119 ta va aloqa kondensatorlarida 98 ta ish olib borildi.
Yana bir muhim masala shuki, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi korxonalarda elektr energiyasi ishlab chiqarishda asosan tabiiy gazdan foydalaniladi. Shunday ekan, ishlab chiqarilgan elektr energiyasining sifati ko‘p jihatdan yetkazib berilayotgan yoqilg‘i sifatiga bog‘liq.
Hozirgi kunda elektr stansiyalarida tabiiy gaz ta’minoti tizimi uskunalarini ham kuz-qish mavsumida ishonchli va to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, elektr stansiyalarning yoqilg‘i ta’minoti ishonchliligini ta’minlash maqsadida “Tolimarjon IES” AJ gaz tarmog‘iga qo‘shimcha gaz filtrlarini o‘rnatish, “To‘raqo‘rg‘on IES” UK bug‘-gaz qurilmalari gaz siqish kompressorlarini ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi. “Navoiy IES” AJ va “Toshkent IES” AJda esa gaz o‘lchov qurilmalarini zamonaviy uskunalarga almashtirish hamda zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari uchun tabiiy gaz filtrlari zaxirasini yaratish ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan xodimlar bilimi va malakasiga bog‘liq. Bu borada “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, xodimlar Germaniya, Fransiya, Italiya va Rossiya kabi xorijiy mamlakatlarning yirik energetika kompaniyalari ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishmoqda.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:36 / 27.04.2024
Issiqlik elektr stansiyalaridagi davlat ulushi sotiladi
22:30 / 27.10.2023
Kuz-qish mavsumida IES tomonidan 27,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan
10:37 / 21.02.2023
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2022 yil natijalari e’lon qilindi
19:00 / 19.01.2023