Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyulda eng ko‘p turist qaysi davlatdan kelgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonga iyul oyida necha nafar turist kelgani va eng ko‘p tashrif qaysi davlatdan bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yil iyul oyida 540,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 359,8 ming nafarga yoki 3 baravarga oshgan.
O‘zbekistonga eng ko‘p quyidagi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan:
- Qozog‘iston – 181,8 ming nafar;
- Tojikiston – 143,4 ming nafar;
- Qirg‘iziston – 126,3 ming nafar;
- Rossiya – 61,6 ming nafar;
- Turkiya – 6,8 ming nafar;
- Koreya – 2,2 ming nafar;
- Germaniya – 1,5 ming nafar;
- AQSh – 1,3 ming nafar;
- Isroil – 1,2 ming nafar;
- Hindiston – 1,1 ming nafar;
- Buyuk Britaniya – 1 ming nafar;
- Belarus R. – 0,9 ming nafar;
- Fransiya – 0,8 ming nafar;
- Italiya – 0,7 ming nafar;
- Ispaniya – 0,4 ming nafar.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025