Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Leningrad oblastida O‘zbekiston fuqarosi og‘ir kuyish jarohati bilan shifoxonasiga yotqizildi
Prokuratura Leningrad oblastidagi o‘zbekistonlik ishchi kuyish jarohatini olgan korxonada tekshiruv boshladi.
78.ru nashri xabariga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov jarayoni va natijalari nazoratga olingan.
Bundan tashqari, prokuratura korxona mansabdor shaxslari tomonidan mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qanday rioya qilinganligini tekshiradi.
Lomonosov tumanidagi korxonada sodir bo‘lgan yong‘indan keyin o‘zbekistonlik fuqaro og‘ir kuyish jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Qutqaruvchilarga 10 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:16 da sanoat zonasida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, bitum ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan korxona hududida vintli aralashtirgich yonib ketgan. Yong‘in soat 11:45 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida o‘zbekistonlik fuqaro (1984 yilda tug‘ilgan) Janelidze nomidagi Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutining kuyish jarohatlari jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Erkak tanasida kuyish darajasi 80 foiz, 2-darajani tashkil qiladi
Mavzuga oid
11:28 / 22.05.2025
Bastrikin Mariupolni blokadada bo‘lgan Leningrad bilan taqqosladi
11:53 / 03.01.2025
Leningrad oblastida maktab o‘quvchilari «natsizm reabilitatsiyasida» gumonlanmoqda
08:21 / 03.09.2024
Rossiyada Leningrad harbiy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosari Valeriy Mo‘minjonov ushlandi
07:52 / 22.07.2024