Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Naqd pul hajmini 20 foizdan oshirmaslikni maqsad qilyapmiz – Markaziy bank mas’uli
O‘tgan 4-5 oy davomida pul massasida naqd pul hajmi oshish tendensiyasini ko‘rsatdi. Kun.uz muxbirining Markaziy bank mas’uliga tayanib xabar berishicha, regulyator naqd pul massasiga me’yor qo‘yishni reja qilmoqda.
Markaziy bank xalqaro tajribadan kelib chiqib pul massasida naqd pul hajmini 20 foizdan oshirmaslik chorasini maqsad qilmoqda. Bu haqda 12 avgust kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan media muloqotda departament boshlig‘i Ulug‘bek Mahmudov ma’lum qildi.
“Buning uchun “Zamonaviy moliyaviy xizmatlar va naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish” strategiyasi ishlab chiqilmoqda”, – deydi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 avgust holatiga muomaladagi pul massasi 159,1 trillion so‘mni tashkil qilayotgan bo‘lsa, shundan 42,3 trillion so‘mi naqd pul. Bu naqd pul ulushi hozirda 26,6 foizni tashkil qilayotganini anglatadi.
Raqamlar muomaladagi naqd pul o‘sish sur’ati oldingi oylarga qaraganda sekinlashganini ko‘rsatmoqda. Joriy yil hisobidan naqd pul o‘sishi aprel oyida maksimumga yetgan bo‘lsa – 15,9 foiz, iyulga kelib o‘sish sekinlashdi – 4,5 foiz.
Mavzuga oid
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
12:24 / 24.04.2025