O‘zbekiston | 11:20 / 13.08.2022
8476
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston suv omborlaridagi suv zaxirasi hajmi ma’lum qilindi

Respublika suv omborlarida 9,6 mlrd kubometr suv zaxirasi mavjud. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 mlrd kubometrga ko‘p.

Shuhrat Suyunov

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Suv xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Shuhrat Suyunov bu yilgi sug‘orish mavsumida qancha miqdorda suv yetkazib berilishi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon 344 008 gektar maydonda, jumladan, 77 793 gektar maydonda – tomchilatib sug‘orish, 11 431 gektar maydonda – yomg‘irlatib sug‘orish, 4 478 gektar maydonda – diskret usulda sug‘orish texnologiyalari ishga tushirildi.

66 483 gektar maydonda – ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida, 35 035 gektar maydonda – egatga plyonka to‘shab sug‘orish yo‘lga qo‘yildi. 148 789 gektar maydon lazerli tekislandi. 

Yil yakuniga qadar 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilinishini ta’minlash va suv tejovchi texnologiyalar bilan qamrab olingan maydonlarni 27 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Mavzuga oid