Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi xususiy bog‘chada 3 yoshli bolaning yuzi tibbiy vositalardan kuydi
Internetda maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisining yuz qismida “qizarib kuyish” alomatlari mavjudligi bo‘yicha xabar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yil 10 avgust kuni Chilonzor tumani IIO FMB navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Chilonzor tumanida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi, 2019 yilda tug‘ilgan M.A. qarovsiz qolgan vaqtida ayollar sumkasida bo‘lgan ayollarni ko‘zga surtuvchi bo‘yog‘ini o‘ynab, yuz qismiga surtgan.
Bu holatni ushbu tashkilotda tarbiyachi bo‘lib ishlovchi Z.A. ko‘rib qolib, bola yuzini tozalash maqsadida, “tibbiy vositalar”dan surtgan. Natijada, voyaga yetmagan bola yuz qismi qizarib, kuyish alomatlari mavjudligi sababli tibbiyot muassasasiga murojaat qilingan.
Bolaning olgan tan jarohatini aniqlash maqsadida, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirgi kunda Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
21:22 / 05.05.2025
“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda
16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda
11:38 / 25.04.2025