Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan oilaviy bolalar uylari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimi qarori bilan tashkil etiladi. Bolalarni oilaviy tarbiyaga olish istagida bo‘lganlar hokimlikka ariza beradi.
Bunda nikohdan o‘tgan, 35 yoshdan 60 yoshgacha fuqarolar tutingan ota-ona bo‘lishi mumkin. Oilaviy tarbiyalash uchun tug‘ilganidan boshlab 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar beriladi.
10 yoshga to‘lgan va undan yuqori yoshdagi bolalarni oilaviy bolalar uyiga faqat ular roziligi bilan berish mumkin. Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun 3 yoshdan kamida 3 nafar, lekin ko‘pi bilan 5 nafar bola beriladi.
Oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar yashash xarajatlari davlat budjetidan qoplanadi. Tutingan ota-onalarga har bir tarbiyalanuvchi bola yashash xarajatlari uchun har oyda 7 yoshgacha bolalarga 1,5 mln so‘m, 8-18 yoshdagilar uchun 2,1 mln so‘m miqdorida pul ajratiladi.
Mavzuga oid
08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
12:31 / 30.04.2025
Bola huquqlari kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi
14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
23:08 / 10.04.2025